Qobiljon Komilov
Advokat

Qobiljon Komilov «MY LAWYER» Аdvokatlik firmasining advokati va professional mediator. Qobiljon Komilov Toshkent davlat yuridik institutining bakalavr bosqichini 2003-yilda a’lo baholar bilan tugatgan. Mehnat faoliyatini Samarqand viloyat xo‘jalik sudida boshlab, xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarida huquqshunos-maslahatchi, Urgut tuman hokimligida yurist lavozimlarida ishlagan.


Qobiljon Komilov 2007-2016-yillarda Samarqand viloyat xo‘jalik sudida sudya, 2016-yil oktabrdan 2017-yil iyungacha O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudining sudyasi,

2017-yil iyun - 2021-yil oktabr oylarida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi (Iqtisodiy ishlar bo‘yicha sadlov hay’ati) sudyasi va sudlov hay’ati raisining o‘rinbosari lavozimida ishlagan. U iqtisodiy nizolarni sudda hal etishda katta amaliy tajribaga ega.


Qobiljon Komilov tomonidan 2018-yilda hammualliflikda “Iqtisodiy sudlarga murojaat qilish tartibi” nomli amaliy qo‘llanma tayyorlangan hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, AQSH Taraqqiyot Agentligi (USAID) va BMT Taraqqiyot Dasturining “O‘zbekistonda qonun ustuvorligi yo‘lida hamkorlik” qo‘shma loyihasi doirasida chop etilgan.


Qobiljon Komilov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining katta o‘qituvchisi hamdir.

Yuridik yordam uchun ariza qoldiring:
Yuborish tugmasini bosish orqali siz shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashga rozilik bildirasiz