Xalil Jurayev “MY LAWYER” Advokatlik firmasining advokati hamda patent vakili. U Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining bitiruvchisi bo’lib, Xalqaro huquq yo’nalishi bo’yicha bakalavr darajasini qo‘lga kiritgan. Universitetda o‘qish davomida u universitet huzuridagi Yuridik klinikaning faoliyatida faol ishtirok etgan.
Kasbiy faoliyatni Adliya vazirligi hamda Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligida boshlagan. O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida bosh mutaxassis lavozimida faoliyat yuritgan. Intellktual mulk ob’yektlarining huquqiy muhofazasi masalalari bilan shug’ullangan.
U Butunjahon intellektual mulk tashkilotining granti sohibi sifatida BIMT va Polshaning Krakovdagi Yagellon universiteti tomonidan tashkili etilgan kursni tamomlab, Intellektual mulk huquqi bo‘yicha magistrlik darajasiga erishgan.