Yangiliklar

«MY LAWYER» advokatlik firmasi Xitoyning Shensi provinsiyasi Advokatlar uyushmasi delegatsiyasini qabul qildi

2024 yil 29 mart kuni «MY LAWYER» advokatlik firmasi rahbariyati va Xitoy Xalq Respublikasining Shensi provinsiyasi advokatlar uyushmasining xalqaro masalalar bo’yicha rais o’rinbosari Lyu Tsze xonim boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuv davomida ikkala davlatning yuridik va jismoniy shaxslariga huquqiy yordam ko’rsatishda muhim ahamiyatga ega bo’lgan O'zbekiston va Xitoy advokatlik firmalari o’rtasidagi aloqalarni kengaytirishning dolzarbligi ta’kidlandi. Shuningdek, taraflar advokatlik firmalari o’rtasidagi ikki taraflama hamkorlikning aniq yo’nalishlarini va istiqbollarini muhokama qildilar.