Yangiliklar

O‘zbekistonda xalqaro ekspertlar ishtirokida mediatorlar uchun trening tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Xalqaro huquqiy rivojlanish tashkiloti (IDLO) va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB) hamkorligida mediator-trenerlar uchun uch kunlik trening tashkil etdi.

Tadbirning rasmiy ochilishi 29-yanvar kuni bo‘lib o‘tdi. Adliya vaziri o‘rinbosari Muzraf Ikramov qutlov so‘zi bilan chiqib, mediatsiya sohasida amalga oshirilgan ishlar haqida ta’kidlab o‘tdi.

Trening davomida xalqaro ekspertlar, jumladan, Singapur xalqaro nizolarni hal qilish akademiyasi mutaxassisi Mariam Gotsiridze va Markaziy Osiyo muqobil nizolarni hal qilish markazi eksperti Elvira Borombayeva mediatorlar uchun trening mashg‘ulotlarini olib boradi.

«MY LAWYER» Advokatlik firmasi sheriklari Djamshid Turdaliyev va Eldorxon Fayzullaxo’jaev ushbu treningda ishtirok etib, mediatsiya sohasidagi malakasini yanada oshirdi.