Barqaror rivojlanish konsepsiyasining vujudga kelishi hamda keyinchalik rivojlanishi ko‘p yillik tarixga ega bo‘lmasada, so‘ngi paytlarda keng qo‘llanilib kelinishi hech kimga sir emas. Mazkur iboraning tan olinishiga Atrof muhit va rivojlanish bo‘yicha Xalqaro komissiyaning 1987-yildagi “Bizning umumiy kelajagimiz” nomli hisoboti turtki bo‘ldi, negaki ilk bor unga ushbu hujjatda ta’rif berib o‘tilgan.[1] Endilikda global masalalar ko‘lamining yanada kengayishi va davlatlar qamrovining yanada o‘sishi uchun xizmat qilgan hujjat – Mingyillik rivojlanish maqsadlari (Millenium Development Goals) – 2000-2015-yillar mobaynida umumiy rivojlanish yo‘nalishlarini belgilab berdi. Uning davomchisi sifatida 2015-yil avgust oyida BMTning 193 a’zo davlatlari o‘zaro kelishuvga erishganliklarini tasdiqlovchi serqirra hujjat – Barqaror Rivojlanish Maqsadlari (Sustainable Development Goals) global sa’y-harakatlarning mantiqiy davomchisi sifatida 17 yo‘nalishlarni o‘zida aks ettirgan. Ushbu maqsadlar quyidagilardir:
1) O‘ta qashshoqlikka barham berish;
2) Ochlikka barham berish;
3) Sog’lik va farovonlik;
4) Sifatli ta’lim;
5) Gender tengligi;
6) Toza suv va sanitariya;
7) Arzon va toza energiya;
8) Munosib ish o‘rinlari va iqtisodiy o‘sish;
[1] https://sustainabledevelopment.un.org/content/documents/5987our-common-future.pdf
9) Sanoatlashtirish, innovatsiya va infratuzilma;
10) Tengsizlikni kamaytirish;
11) Barqaror shaharlar va aholi yashash joylari;
12) Mas’uliyatli iste’mol va ishlab chiqarish;
13) Iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish;
14) Dengiz ekotizimlarini asrash;
15) Quruqlikdagi ekotizimlarni asrash;
16) Tinchlik, adolat va samarali boshqaruv;
17) Barqaror rivojlanish yo‘lidagi hamkorlik.[1]
[1] https://uzbekistan.un.org/uz/sdgs
Endilikda BRMlar haqida so‘z yuritilar ekan, e’tiborimizni 7-maqsad, ya’ni “Arzon va toza energiya”ga qaratsak, negaki boshqa sanab o‘tilgan maqsadlar bilan bir qatorda uning o‘ta muhimligi va boshqa sohalarga bo‘lgan ta’siri va ular bilan chambarchas bog’liqligi bilan ham alohida o‘rin egallagan.
Misol uchun:
· SDG7 + SDG3 = sog’liqni saqlash bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar yorug’lik, sovutish hamda zamonaviy uskunalar uchun zarur bo‘lgan ishonchli energiya manbai bilan ta’minlanadi; ishlab chiqarilgan elektr birligi o‘lchovini inson sog’lig’iga bo‘lgan ta’sirni o‘lchaydigan bo‘lsak, atom energiyasini ishlab chiqarish jarayoni deyarli boshqa turdagi energiya manbalarini ishlab chiqaruvchi texnologiyalariga qaraganda ancha xavfsizdir;
SDG7 + SDG8 = yetarli va ishonchli energiya ta'minotining mavjudligi sanoatning rivojlanishi, iqtisodiy faollikni rag'batlantirilishi hamda
· milliy bozorlar va ta'minot zanjirlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yuqori darajadagi bandlik yaratilishining garovidir. Barqaror rivojlanish modellariga o‘tish - iqtisodiy faollikni rag‘batlantirish, yaxshi maosh to‘lanadigan hamda uzoq muddatli va mahalliy bandlikni yaratish va umumiy turmush sharoitini yaxshilash demakdir;
· SDG7 + SDG9 = energiya samaradorligini oshirish va atrof-muhitga ta'sirni kamaytirish maqsadida kiritilgan investitsiyalar innovatsiyalarni, texnologiyalar qamrovining kengayishini va iqtisodiy faollikni rag'batlantirishga chorlaydi;
· SDG7 + SDG11 = atom elektr stansiyalari (AESlar) hududi jihatdan nisbatan kam yer egallashiga qaramasdan, yirik shahar va megapolislarni uzluksiz elektr energiyasi, isitish va sovutish tizimi bilan ta’minlay oladi;
· SDG7 + SDG12 = atom energetikasi resurs jihatidan kam talabdir, va qolaversa, qoldiqlarni biosferadan tashqarida saqlash bo‘yicha boshqaruv amaliyotiga ega;
· SDG7 + SDG13 = atom energiyasi eng kam issiqxona gazlarini ishlab chiqaradigan energiya turidir va ob-havo hamda iqtisodiy holat jihatdan ancha moslashuvchan;
· SDG7 + SDG14 = qazib olinadigan energiya manbalaridan o‘laroq, atom energiyasi sharofati bilan okeandagi qazilma hamda tashish ishlariga hojat qolmaydi. Undan tashqari, boshqa energiya manbalariga nisbatan atom energiyasining ekosistemaga bo‘lgan salbiy ta’siri juda pastdir;
· SDG7 + SDG15 = aynan shu kabi ko‘rsatkichlar quruqlikda ham kuzatiladi. Atom energiyasini ishlab chiqarish kam joy talab qiladi va boshqa turdagi qazib olinadigan energiya manbalarning o‘rnini bosa oladi.[1]
Energiya taraqqiyoti bo‘yicha keltirilgan hisobotning ma’lumotlari bilan tanishar ekanmiz, 7-maqsadning umumiy BRMlarga erishishdagi roli naqadar yuqori ekanligini guvohi bo‘lish mumkin. Bularning tasdig’i sifatida ba’zi faktlarni yuqorida keltirilgan fikr-mulohazalarning isboti sifatida aytishimiz o‘rinli:
- Dunyo bo‘ylab har 5-chi odam elektr energiyasidan foydalana olmaydi;
- Taxminan 3 milliard odam taom tayyorlash va isitish maqsadida yog'och yoki o‘simlik qoldiqlari kabi an'anaviy biomassadan foydalanishga majbur;
- Energetika iqlim o‘zgarishining asosiy omili bo‘lib, global issiqxona gazlari chiqindilarining taxminan 60 foizini tashkil qiladi;
- 2015-yilda qayta tiklanadigan manbalardan olinadigan energiyaning umumiy yakuniy energiya iste’molidagi ulushi 17,5 foizga yetdi.[2]
Qolaversa, 7-maqsad o‘zi haqida koronavirus (SARS-COV-19) pandemiyasi avj olgan pallalarda sezilarli darajada ko‘rinish berdi, negaki energiya xizmatlarini ko‘rsatish kasalliklarning oldini olish, va qolaversa, COVID-19ga qarshi kurashda muhim omil hisoblanadi, misol uchun sog’liqni saqlash muassasalarida tegishli qurilmalarning ish holatida bo‘lishi, aholini asosiy gigiyena va toza suv bilan ta’minlashni elektr energiyasiz tasavvur qilishning imkoni yo‘q, albatta.
Bu esa, o‘z navbatida, atom energiyasi tiklanuvchan energiya manbalari oilasida (gidroenergetika, quyosh energiyasi, shamol energiyasi, bioenergetika, geotermal energetika, biomassa va boshqalar) tobora yetakchi rol egallayotganidan dalolatdir. Quyidagi infografikalarda keltirilgan raqamlar orqali buni guvohi bo‘shimiz mumkin:
[1] Xalqaro atom energiyasi agentligining ma’lumotlari (2022), onlayn quyidagi havola orqali: https://www.iaea.org/sites/default/files/iaea-ccnp2022-body-web.pdf
[2] https://www.un.org/sustainabledevelopment/ru/energy/

Rasm 1. Elektr energiyasi ishlab chiqarish texnologiyalaridan foydalanishdagi issiqxona gazlari emissiyasi (CSP – konsentrantlangan quyosh energiyasi; CCS – uglerodni qo‘llash va saqlash).[1]
Ko‘plab mamlakatlar allaqachon milliy atom energetika sohalarini rivojlantirishga katta urg’u bera boshlaganlar, xususan rivojlanayotgan davlatlar (rivojlangan davlatlar esa atom energetikasi sanoatini modernizatsiya qilish jarayonida).
Atom energiyasining boshqa turdagi tiklanuvchan energiya manbalaridan bir qator ustunlik jihatlariga to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiqdir.
Birinchidan, yadroviy reaksiyalar orqali hosil bo‘layotgan energiya atrof-muhitni ifloslantirmaydi, issiqxona gazlarining (CO2) paydo bo‘lishiga olib kelmaydi, suvlarning keng bulg’anishiga, xususan tuproq va okeanlar tarkibida kislotalar darajasi oshishiga sabab bo‘lmaydi;
[1] BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi manbasidan (2022), https://www.iaea.org/sites/default/files/iaea-ccnp2022-body-web.pdf

Ikkinchidan, olib borilgan tadqiqotlar natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, yadro yoqilg’isi foydalanish yakuniga ko‘ra to‘liq foydalanilmaydi va shu bois uran reaktorda qaytda tiklanganidan so‘ng, yoqilg’i qaytadan ishlatilishi mumkin;
Uchinchidan, 1 kilogram boyitilgan uran yoki plutoniyning ishlatish samarasi 50-100 tonna neftdan foydalanish bilan tengdir. Qolaversa, yoqilg'i birligidan olinadigan energiyaning ushbu yoqilg'i birligini olish uchun sarflangan energiyaga nisbati atom sanoatida eng yuqori ko'rsatkichlardan biridir;
To‘rtinchidan, ta’kidlash joizki, atom energiyasini ishlab chiqarish ancha xavfsiz hisoblanadi, chunki mazkur jarayon xavfsiz kechishi atom elekrt stansiyalari (AES)ga nisbatan qo‘yiladigan asosiy talablardan biri sanaladi.
Beshinchidan, AESlar ob-havo sharoitlaridan qat’iy nazar, doimo 24 soat ishlashga qodir;
Oltinchidan, AESlarning ishlash faoliyatini ta’minlash uchun yillik xarajatlar ma’lum darajada stabil, ya’ni belgilangan ravishda bo‘ladi, biroq boshqa turdagi energiya manbalaridan foydalanish esa mazkur jarayonda ishlatiladigan energiya resurslarning narxiga bog’liq, ya’ni ular qimmatlashsa, ishlab chiqarish jarayoni xarajatlari ham ko‘tarilaveradi. Atom elektr stansiyalariga jami xarajatlarning barqarorligi atom energetikasida ularning katta qismi qurilishga mo‘ljallanganligi, qazib olinadigan yoqilg'ida ishlaydigan elektr stansiyalari uchun esa eng qimmat komponent yoqilg'i ekanligi bilan izohlanadi.[1]
[1] Кудрявцева О.В.. «Атомная энергетика в контексте устойчивого развития», Научные исследования экономического факультета. Электронный журнал, том 10, выпуск 4, МГУ им. М.В.Ломоносова, стр.40

Rasm 2. Soatiga 1 kVt ishlab chiqarishdan qayta tiklanadigan va yadroviy texnologiyalarning normallashtirilgan va vaznli hayot tsikliga ta'siri, Yevropa, 2020-yil (foydalaniladigan manbalar turli ranglarda belgilangan).
Xulosa qilib aytganda, atom energiyasi atrof-muhitga issiqxona gazlarning (CO2) tarqatishi darajasi nisbatan pastligi, boshqa toza energiya manbalari singari ob-havo sharoitlarga bog’liq emasligi, uning ishlatilayotgan resurlarining o‘lchov birligi keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan energiya hajmiga bo‘lgan nisbati, energiya ishlab chiqarishning xavfsizligi, qolaversa mazkur energiya narxining barqarorligi Barqaror Rivojlanish Maqsadlarining 7-maqsadiga yetishishda hamda boshqa maqsadlarning samarali amalga oshirilishida o‘rni beqiyosdir.