«MY LAWYER» Advokatlik firmasi Xitoy Xalq Respublikasining yuridik firmalari bilan hamkorlik memorandumlarini imzoladi
27-30 aprel kunlari O'zbekistonda Xitoy Xalq Respublikasining Shensi provintsiyasining biznes doiralari va yuridik firmalar rahbarlaridan iborat yuqori martabali delegatsiyasi xozir bo'lmoqda. Ushbu Xitoy delegatsiyasining tashrifi doirasida 2024 yil 29 aprelda «MY LAWYER» Advokatlik firmasi va «Yong Jia Xin» yuridik firmasi (Xitoy Xalq Respublikasi) o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Memorandum doirasida hamkorlik munosabatlarini o'rnatish va O'zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslariga huquqiy yordam ko'rsatishga yo'naltirilgan uzoq muddatli, samarali va o'zaro foydali hamkorlikni rivojlantirish to'g'risida kelishildi.
Shuningdek, 2024 yil 29 aprelda «MY LAWYER» Advokatlik firmasi va Pekin "HAOTIAN" (Syan) Yuridik firmasi o'rtasida Memorandum imzolandi. «MY LAWYER» Advokatlik firmasining sheriklari va Pekin "HAOTIAN" (Syan) Yuridik firmasining rahbari hamkorlikning dolzarb yo'nalishlarini muhokama qildilar va erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo'yicha birinchi navbatdagi vazifalarni belgilab oldilar.