Migrasiya bilan bog'liq muammolarga duch keldingizmi? «MY LAWYER» Advokatlik firmasi sizning huquq va manfaatlaringizni himoya qilishda yordam beradi!
«MY LAWYER» Advokatlik firmasi Hindiston fuqarosining O'zbekistondan chiqarib yuborish to'g'risidagi sud qarorini bekor qilish bilan bog'liq ishni muvaffaqiyatli yakunladi.
Bizning Advokatlik firmamizga Hindiston fuqarosi murojaat qildi. U so'nggi besh yil davomida Hindistondan kelgan talabalarni O'zbekistonning etakchi tibbiyot oliygohlariga o'qishga kirish va taxsil olishni tashkil qilish faoliyati bilan shug'ullanib keladi. Uning faoliyati natijasida hozirgi kunda O'zbekistonning ikki etakchi tibbiyot universiteti to’lov-kontrakt asosida 2000 dan ziyod hindistonlik talabani o'qitmoqda. Bu esa O'zbekiston-Hindiston munosabatlari mustahkamlanishining yaqqol ko'rsatkichlaridan biridir.
Birinchi instantsiya sudining qaroriga asosan, mazkur Hindiston fuqarosining O'zbekistonda bo'lish qoidalarini formal buzganligi sababli, uni mamlakatdan chiqarib yuborish to'g'risida qaror qabul qilingan. Apellyasiya instantsiya sudi ham birinchi instantsiya sudining qarorini o'zgartirishsiz qoldirgan.
«MY LAWYER» Advokatlik firmasi advokatlari ish holatlarini sinchiklab o'rganib, sud tomonidan tayinlangan jazo adolatsiz, haddan tashqari qattiq va yengillatuvchi holatlarni hisobga olinmagan holda chiqarilgan degan xulosaga kelishdi. Bunday adolatsiz qattiq jazo qo'llanilishi Hindiston fuqarosining O'zbekistondagi ta'lim jarayonlarini tashkil qilish bo'yicha keyingi faoliyatiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin edi.
Advokatlarimiz tomonidan berilgan shikoyat O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan ko'rib chiqildi. Oliy sud advokatlarimizning huquqiy pozisiyasi va engillatuvchi holatlar mavjudligi to'g'risidagi vajlari bilan kelishib, quyi sudlar qarorlarini bekor qilish va Hindiston fuqarosiga ogohlantirish ma’muriy jazosi berilishi haqida qaror qabul qildi. Sud ishining bunday natijasi mijozimizga O'zbekistonda o'zining olijanob faoliyatini davom ettirishga imkon beradi.
Biz natijaga intilamiz va mijozlarimizning huquqlarini har doim himoya qilishga tayyormiz! Yuridik muammolarni hal qilishni professionallarga topshiring – «MY LAWYER» Advokatlik firmasiga murojaat qiling!