Sayidkomil Ibodullayev - "MY LAWYER" Advokatlik firmasining yuristi, professional mediator.
Ayni vaqtda, Toshkent davlat yuridik universitetida o'qituvchi.
Toshkent davlat yuridik universitetini Huquq bakalavri darajasi bilan tamomlagan. Toshkent davlat yuridik universitetining grantini hamda "Chancellor's Award of the University of Glasgow 2020" grantini qo'lga kiritib, Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qo'shma Qirollikning Glazgo Universitetida (University of Glasgow) o’qishni davom ettirib, u yerda Huquq magistri darajasini olgan.
Dunyodagi nufuzli Philip C. Jessup International Law Moot Court Competition xalqaro huquq bo'yicha musobaqa murabbiyi hamda hakam sifatida faoliyat yuritadi. Shu bilan birga, O'zbekistonda hozirda yagona John H. Jackson WTO Law Moot Court Competition jamoasiga murabbiylik qilgan.
Sayidkomil Ibodullayev "Jahon savdo tashkiloti" mavzusiga oid bir qator maqola hamda darsliklar muallifi. U Adliya vazirligining JST masalalari bo'yicha ishchi guruhi a’zosi bo‘lgan hamda BMT Taraqqiyot dasturining va JST Xalqaro savdo markazining JST masalalari bo'yicha milliy konsultanti ham hisoblanadi.
Advokatlik firmadagi faoliyat davomida u xorijiy kompaniyalar ishtirokidagi loyihalar bo’yicha yuridik yo`rdam ko’rsatishga, shuningdek investitsiya shartnomalarini va murakkab kontraktlarni ishlab chiqishga ixtisoslashgan.