Nodir Xolbaev
Sherik

Nodir Xolbaev "MY LAWYER" Advokatlik firmasining advokati. IIV akademiyasini va ushbu Akademiya huzuridagi Magistratura fakultetini tamomlagan. Tergov xizmati hamda kadrlar bilan ishlash yo'nalishlarida xizmat qilib, nafaqaga chiqqan va hozirda advokat sifatida huquq olamidagi faoliyatini davom ettirmoqda.


Poytaxt ichki ishlar idoralari tergov va kadr sohasida malakali xodim va rahbar sifatida hurmat qozongan. Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar, shaxsga, jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar, ma'muriy tartib-taomillar, yuridik shaxslar faoliyatining huquqiy ta'minoti va nizolarni sudgacha hal qilish borasida yuksak tajribaga ega.


Yuzaga kelgan har qanday holat bo'yicha tezkorlik bilan yuridik baho berish va qonuniy echimni to'g'ri tanlash qobiliyatiga ega.

Yuridik yordam uchun ariza qoldiring:
Yuborish tugmasini bosish orqali siz shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashga rozilik bildirasiz