Munisabegim Ashirboeva «MY LAWYER» Advokatlik firmasining yuristi sifatida faoliyat olib boradi
U Toshkent davlat yuridik universitetida huquq bakalavri darajasini olgan. O'qish paytida u TSUL COURT loyihasining bosh koordinatori bo'lgan, TDYU huzuridagi yuridik klinikada, Mirobod fuqarolik ishlari bo'yicha tumanlararo sudida, shuningdek, "Ommaviy-huquqiy tadqiqotlar markazi" NNTda ish o'rgangan.
Munisabegim Ashirboeva "MY LAWYER" advokatlik firmasidagi faoliyati doirasida intellektual mulk obyektlarini himoya qilish, insofsiz raqobat va mehnat qonunchiligi masalalariga ixtisoslashgan. Shuningdek, u xalqaro tashkilotlar, xorijiy kompaniyalar va chet el fuqarolariga migratsiya masalalari bo'yicha maslahat beradi.