Mediatsiya
"MY LAWYER" Advokatlik firmasi sudgacha mediatsiya va sud mediatsiyasi bo‘yicha professional yuridik yordamni ko‘rsatadi. Biznesni amalga oshirish bilan bog‘liq tomonlar o‘rtasidagi nizo sudgacha va sud tartibida uchinchi neytral tomon - mediatorni o‘zaro va ixtiyoriy ravishda jalb qilish yo’li bilan hal qilinishi mumkin.

Professional mediatorlar bo‘lgan "MY LAWYER" Advokatlik firmasining mutaxassislari amaldagi qonunchilik doirasida yuzaga kelgan nizoning maqbul va o‘zaro manfaatli yechimini topish va ishlab chiqish uchun mediator funktsiyalarini bajarishni o‘z zimmalariga oladilar.

Sudgacha bo‘lgan mediatsiyadan foydalanish nizo taraflariga sud muhokamasi uchun qo‘shimcha xarajatlarsiz va sud jarayonida yuzaga keladigan keskin hissiy kechinmalarsiz nizoni o‘zaro manfaatli hal qilishga erishishga imkon beradi.

Sud mediatsiyasidan foydalanish nizoni o’zaro manfaatli hal etishga va da’vogarga to’langan davlat bojini qaytarishga imkon beradi.

Yuridik yordam uchun ariza qoldiring:

Yuborish tugmasini bosish orqali siz shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashga rozilik bildirasiz