Malikaxon Zokirova «MY LAWYER» Advokatlik firmasining advokati va professional mediator.
Ikkita oliy ma’lumotga ega: Toshkent davlat jahon tillari universitetida ingliz va hind tillari tarjimoni yo’nalishi bo’yicha bakalavr hamda Toshkent davlat yuridik universitetida huquqshunoslik bo’yicha bakalavr.
Advokatlik faoliyatini 2007 yilda boshlagan. Faoliyatining dastlabki bosqichida u ishlab chiqarish, sug'urta va qurilish sohalaridagi kompaniyalarga yuridik yordam ko'rsatishga ixtisoslashgan.
2015-2021-yillarda fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudida sudya, 2021-2024-yillarda esa fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida sudya lavozimlarida ishlagan.
2024-yildan boshlab advokatlik faoliyatini davom ettirmoqda. Oila, uy-joy, mulk, yer, mehnat munosabatlari bilan bog’liq fuqarolik ishlari bo‘yicha ixtisoslashgan. Sudlarda va boshqa davlat organlarida chet el fuqarolarining manfaatlarini himoya qiladi.