Javohir Qurbonov
Advokat

Javohir Qurbonov “MY LAWYER” Advokatlik firmasining advokati. U Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining bitiruvchisi bo’lib, Xalqaro huquq yo’nalishi bo’yicha bakalavr darajasini qo‘lga kiritgan. Universitetda o‘qish davomida u universitet huzuridagi Yuridik klinikaning faoliyatida faol ishtirok etgan.


Kasbiy faoliyatni Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligida boshlagan. O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida bosh maslahatchi lavozimida faoliyat yuritgan. Intellktual mulk ob’yektlarining huquqiy muhofazasi masalalari bilan shug’ullangan.

U Butunjahon intellektual mulk tashkilotining granti sohibi sifatida BIMT va Italiyaning Turin universiteti tomonidan tashkili etilgan kursni tamomlab, Intellektual mulk huquqi bo‘yicha magistrlik darajasiga erishgan.


Javohir Qurbonov BIMTning intellektual mulk sohasidagi nizolarni ko‘rib chiqisga ixtisoslashgan Arbitraj va mediatsiya markazining yosh a’zosi hisoblanadi.


Advokat sifatida u yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlarini sudlarda va davlat organlarida himoya qilishga ixtisoslashgan.

Yuridik yordam uchun ariza qoldiring:
Yuborish tugmasini bosish orqali siz shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashga rozilik bildirasiz