"MY LAWYER" advokatlik firmasi
intellektual mulkni himoya qilish bo‘yicha professional huquqiy yordam ko‘rsatadi. "MY LAWYER" Advokatlik firmasi
jamoasi patent vakillari va intellektual mulk sohasida malaka oshirish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan kurslarda o’qigan mutaxassislardan iborat.
Intellektual mulkni himoya qilish bo‘yicha
huquqiy yordamga quyidagilar kiradi:- tovar belgisini, xizmat ko‘rsatish belgisini va tovarlarning kelib chiqish joylari nomini ro‘yxatdan o‘tkazish;
- kompyuter dasturlari, ma’lumotlar bazalari va integral mikrosxemalar topologiyasini ro‘yxatdan o‘tkazish;
- intellektual mulk ob’ektlari bo’yicha litsenziya shartnomalarini tuzishni huquqiy ta’minlash;
- intellektual mulk ob’ektlariga mutlaq huquqlarni o‘tkazish (berish)ni huquqiy ta’minlash;
- mualliflik huquqi ob’ektlariga mualliflik shartnomalarini tuzishni huquqiy ta’minlash;
- intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnomani uzaytirishga ko‘maklashish.
"MY LAWYER" Advokatlik firmasi
insofsiz raqobatga qarshi kurashish, shu jumladan intellektual mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarni buzganlarni javobgarlikka tortish bo‘yicha katta tajribaga ega. "MY LAWYER" Advokatlik firmasi mutaxassislari
insofsiz raqobatdan himoya qilish strategiyasini ishlab chiqishda yordam beradi.