Axadjon Yuldoshev «MY LAWYER» Advokatlik firmasining yuristi sifatida faoliyat olib boradi
Axadjon Toshkent davlat yuridik universiteti bitiruvchisi bo‘lib, 2019-2022 yillar davomida GPA reytingiga ko‘ra “TDYUning eng yaxshi 50 nafar talabasi” qatoridan joy olgan. Axadjon universitetda o‘qish bilan birga, O‘zbekiston Bosh prokuraturasining Qonunchilik va huquq-tartibotni ta’minlash muammolarini tahlil qilish boshqarmasida muvaffaqiyatli amaliyot o‘tagan. Axadjon “Moliyaviy xavfsizlik” kursini muvaffaqiyatli tamomlagani munosabati bilan, u O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti xodimlari tomonidan Rossiya Federatsiyasining Sochi shahrida bo‘lib o‘tgan 2022-yilgi «Moliyaviy xavfsizlik» bo‘yicha Xalqaro Olimpiadada ishtirok etish uchun tanlab olingan.
Axadjon, shuningdek, Gollandiyaning Gaaga shahrida Xalqaro advokatlar uyushmasi tomonidan o‘tkaziladigan Xalqaro Jinoyat Sudining «Moot Court» musobaqasida ishtirok etgan Toshkent davlat yuridik universiteti jamoa a’zosi hisoblanadi.
"MY LAWYER" Аdvokatlik firmasidagi faoliyati doirasida u korporativ huquq, mehnat huquqi va soliq huquqi masalalariga ixtisoslashgan. Kompaniyalarni ro'yxatdan o'tkazish va qayta tashkil etish, biznesga yuridik xizmat ko'rsatish masalalari bilan shug'ullanadi. Kompaniya advokatlari bilan birgalikda korporativ va mehnat nizolarini hal qilishda ishtirok etadi.