Asadbek Abdurahimov «MY LAWYER» Аdvokatlik firmasi yuristi bo‘lib, asosan, korporativ huquq, mehnat huquqi, fuqarolik hamda iqtisodiy huquq doirasida faoliyat olib boradi. Telegram ijtimoiy tarmog‘ida 5,300 dan ziyod a’zolarga ega “Yuridik yordam” guruhi asoschisi (t.me/yuridik_huquqiy_yordam).
Ushbu guruhda 2019-yildan buyon insonlarga bepul huquqiy yordam berib keladi, shu vaqtga qadar 22,100 dan ziyod murojaatlarga amaliy yordam ko‘rsatib: sudning hal qiluv qarorlari, hokim qarorlari bekor qilinishi, ma’muriy organ qarorlarini haqiqiy emas deb topilishi, ayrim fuqarolarning huquqlari tiklanishi, jumladan, OTM tomonidan noqonuniy ravishda ushlab qolingan kontrakt summalari, sug‘urta pullari undirilishi, boquvchisini yo‘qotganlik va nogironlik pensiyalari tayinlanishi, to‘lanmayotgan kompensatsiyalar undirilishi, nohaq ishdan bo‘shatilgan xodimlarning ishga tiklanishi, ma’muriy huquqbuzarliklar yuzasidan noqonuniy tayinlangan jarimalar bekor qilinishi, debitorlik hamda pudrat shartnomasi yuzasidan kelib-chiqqan qarzdorliklar undirilishi, egalik huquqi mavjud bo‘lmagan shaxslarga ko‘chmas mulkka egalik huquqi olinishiga erishgan.
Shartnomalar tuzish, yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish borasida tajribaga ega, sud hamda prokuratura organlarida faoliyat yuritgan. Telegram ijtimoiy tarmog‘ida advokatura, OTMga qabul qilishdagi kvota, o‘qishni ko‘chirish, ijtimoiy himoya va shunga o‘xshash boshqa mavzulardagi 30 dan ortiq tanqidiy hamda qonunlarni sodda tilda tushuntiruvchi postlar muallifi.